
Nigeriyalik Kamaru Usmon UFC chempioni bo‘ldi
Nigeriyalik aralash yakkakurashlar jangchisi Kamaru Usmon UFC 235 turnirida Tayron Vudli bilan kuch sinashdi.
Hakamlar qaroriga ko‘ra, 50-44, 50-44, 50-45 hisobi bilan afrikalik jangchi yarim og‘ir vazn toifasidagi chempionlik kamari sohibiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Vudlning MMA doirasidagi ko‘rsatkichi: 19-4, Usmon esa faoliyati davomida 15 uchrashuvda g‘alaba qozonib, bir marotaba imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar