Nigina Abduraimova chorak finalda
Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi - ITF tomonidan o‘tkazilayotgan "Shymkent Open - 2018" turnirining chorak finaliga chiqdi.
Nigina ikkinchi davra bahsida rossiyalik Margarita Lazarevaga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:3, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Nigina Abduraimova turnirnin chorak finalida belaruslik Anna Kubareva bilan kuch sinashadi.

Fikrlar