Nigina Abduraimova o‘ziga kelmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro tennis federatsiyasi - ITF tomonidan Namanganda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan tennis turnirida hamyurtimiz Nigina Abduraimova ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Nigina musobaqaning birinchi davrasida  qirg‘izistonlik Kseniya Palkinaga qarshi kortga chiqdi. Ushbu o‘yinda tennischimiz raqibiga bor yo‘g‘i ikkita geymni boy berib qo‘ydi.

Endi Abduraimova musobaqaning navbatdagi bosqichida qozog‘istonlik Go‘zal Aynitdinovaga qarshi raqobatlashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!