Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

Nikita, Maksim va Nigora Rossiyada jang qiladi

Izohlar: 0

Olimpiya sport turi – taekvondoning WTF yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining etakchi sportchilari – Nigora Tursunqulova, Nikita va Maksim Rafalovichlar Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘ladigan Gran-Pri turnirida ishtirok etadi.

Dunyoning eng kuchli taekvondochilari qatnashadigan bu turnir g‘oliblariga 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi reytingi uchun 40 ball beriladi.

4-7 avgust kunlari bo‘ladigan musobaqada sportchilarimizga O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Akmal Ergashev boshchilik qiladi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q