Niyoz Po‘latov finalda muddatidan avval g‘alaba qozondi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarining taekvondo bahslarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan uchrashuvlari yakunlandi.

Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi -58 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Niyoz Po‘latov delegatsiyamiz hisobiga yana bir oltin medalni yozdirib qo‘ydi.

Xususan, hamyurtimiz yarim finalda tunislik Xudi Neffati qarshiligini engib o‘tib,final bosqichi yo‘llanamsini qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi bellashuvda esa marokashlik Omar Lakexal jangni muddatidan avval yakunlagan holda, hamyurtimizning g‘alaba qozonishiga mon’elik qilolmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!