
Nodirjon Safarov dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi
Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonligida o‘tayotgan Jahon chempionatining bugungi kun bahslari hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Musobaqaning erkin kurash yo‘nalishida -57 kg vazn toifasidagi polvonlar o‘rtasidagi saralash bosqichi o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu bosqichda hamyurtimiz Nodirjon Safarov makedoniyalik Vladimir egorovga qarshi gilamga ko‘tarildi. Qiziqarli kechgan bellashuvda sportichimizning qo‘li baland keldi.
Endi vakilimizga keyingi bosqichda turkiyalik Suleyman Atli raqiblik qiladi.
Fikrlar