Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Nokaut! Ravshanbek Umurzakovning raqibi 4 raund chidab berdi

Shahobiddin
Izohlar: 0

Bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil etilgan boks bo‘yicha professional janglarda ikki nafar hamyurtimiz navbatdagi janglarni o‘tkazishdi.

61,2 kg vaznda ringga ko‘tirilgan Ravshanbek Umurzakov (2-0, KO2) o‘z hisobiga yana bitta nokaut yozib qo‘ydi. 8 raund qilib belgilangan to‘qnashuvda unga gruziyalik engilmas bokschi Merab Turkadze (5-0, KO2) raqiblik qildi.

Qiziqarli kechgan bellashuvning 4-raundida Ravshanbek chaqqon va aniq harakat qilib, jangning muddatidan oldin yakunlanishini ta’minladi.

Shuningdek, ushbu boks kechasida yana bir hamyurtimiz Sardor Muzaffarov ham nokautga erishgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q