
Novak Jokovich "Australian Open" g‘olibi
Melburn shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Australian Open" musobaqasining erkaklar o‘rtasida g‘olibi nomi aniqlandi.
Musobaqa finalida serbiyalik Novak Jokovich 6:3, 6:2 6:3 hisobida ispaniyalik Rafael Nadal ustidan g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Avstraliya ochiq chempionatida g‘alaba qozongan Novak 2000 reyting ochkosi bilan birgalikda, 4,100,000 AQSh dollariga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar