Novak Jokovich: Ronaldu bilan suhbatlasha olmaganimdan afsusdaman

  • 13 noyabr, 2018, 14:10
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Cerbiyalik tennischi Novak Jokovich Londonda o‘tayotgan ATP yakuniy turniridagi o‘yiniga portugaliyalik Krishtianu Ronaldu kelgani haqida shunday dedi:

Tecno

Men Ronalduning hozirgi jamoasi – “Yuventus”ning libosi rangini aks ettiruvchi sport kiyimida kortga tushmoqdaman. Balki, shu sababli ham u o‘yinimni kuzatgani kelgan. Uning tashrifi meni va barcha tennis ihlosmandlarini quvontirdi.

Ronaldu o‘n yillikning eng mashhur sportchilaridan biridir. Uning bizning sport turiga qiziqishi va ishtiroki tennisni yanada ommalashtiradi. Uning kortga kelgani juda yaxshi, afsuski, men u bilan uchrasha olmadim.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!