Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Novak Jokovich "US Open" yarim finalida

Zohir2018
Izohlar: 0

Novak Jokovich finalga yaqinlashmoqda

Nyu-York shahrida o‘tayotgan "US Open" turnirida chorak final bahslari davom etmoqda.

Mazkur musobaqaning ushbu bosqichida serbiyalik Novak Jokovich avstraliyalik Jon Millmanga qarshi kortga chiqdi va  6:3, 6:4, 6:4 hisobida ustun keldi.

Shu tariqa "Kata dubulg‘a" turkumiga kiruvchi musobaqaning yarim finaliga yo‘l olgan Novak finalga chiqish uchun yaponiyalik Kei Nishikori bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q