Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Novak Jokovich "US Open" turniri g‘olibi

Zohir2018
Izohlar: 0

Novak Jokovich bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Nyu-York shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi  Amerika ochiq chempionati yakunlandi.

"US Open" turnirining final bahsida argentinalik Xuan Martin del Potro va serbiyalik Novak Jokovich o‘zaro raqobatlashdi.

Mazkur uchrashuvda Novak 6:3, 7:6, 6:3 hisobida zafar quchdi. Unga bu g‘alaba bosh sovrin bilan birgalikda 3,800,000 AQSh dollari va 2000 reyting ochkosini keltirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q