Nursulton Ro‘ziboev bugun ringga ko‘tariladi
17 dekabr kuni Rossiyaning Grozniy shahrida aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha WFCA 44 turniri bo‘lib o‘tadi. Kecha ushbu turnir oldidan vazn tortish marosimi tashkil qilindi.
Ushbu musobaqaning 77,1 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboev (13-4) ringga ko‘tariladi. Unda sportchimizga rossiyalik Igor Bayer (4-4) raqiblik qiladi.
Shuningdek, ushbu professional janglar kechasida yana14 to‘qnashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shulardan ikkitasi chempionlik jangi hisoblanadi. Kechaning asosiy janglari bilan tanishing.
77.1 kg Igor Bayer 4-4 (Rossiya, Novosibirsk) 76.8 kg - 77.1 kg Nursultan Ro‘ziboev 13-4 (O‘zbekiston, BK "Axmat")
+93 kg Virgil "Rezdog" Zwicker 16-6-1 (SShA) 105 kg - 115 kg Aleksandr Emelyanenko 24-7 (Rossiya, BK "Axmat")
Chempionlik janglari:
61.2 kg Aleksey Naumov 15-5 (Ukraina) 61.2 kg - 61.7 kg Abdul-Raxman "Voin" Dudaev 21-4 (Rossiya, BK "Axmat")
56.7 kg Bruno "Macaco" Azevedo 16-2 (Braziliya) 57.3 kg - 57.3 kg Yunus Evloev 21-8 (Rossiya, BK "Axmat")

Izohlar (0)