Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Odil va Iskandar Eronda finalda o‘ynaydi

Izohlar: 0

Eronda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning juftlik bellashuvlarida Odil Karimov va Iskandar Karimov finalga chiqdi.

Iste’dodli tennischilarimiz yarim final uchrashuvida mezbonlar vakili Kia Kaxnamuyi va Benyamin Dovudiy bilan kuch sinashdi. Bellashuvda hujumkor o‘yin ko‘rsatgan hamyurtlarimiz 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi.

Bosh sovrin uchun bo‘ladigan bellashuvda Odil va Iskandar eronlik Sayyid Mehrshod va Muhammad Mirzoiyga qarshi kortga chiqadi.

Iskandar Karimov yakkaliklar o‘rtasidagi yarim final bahsida turkiyalik Umar Berk Go‘rgunga 4:6, 4:6 hisobida yutqazib qo‘ydi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q