Odil va Iskandar bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Eronda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda dunyoning o‘nga yaqin mamlakatidan kelgan iste’dodli tennischilar qatorida Odil Karimov va Iskandar Karimov ham g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan sportchilarimiz chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Iskandar Karimov uchinchi bosqich bahsida mezbonlar vakili Muhammad Xushxolni 6:2, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Yakkaliklar o‘rtasida ikkinchi raqamda saralangan Odil Karimov esa Muhammad Mahdiy Suhrobiy ustidan 6:2, 6:4 hisobida zafar quchdi.


Izohlar (0)