Odiljon Elnurni enga oladimi?

  • 19.11.2016 13:38
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyada 26 noyabr kuni o‘tkaziladigan professional boks kechasida tashkil etiladigan 12ta jangdan birida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Odiljon Mirzarahimov ringga chiqadi. 

Bir yildan buyon professional boksda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz bitta g‘alaba va uchta durangdan so‘ng ketma-ket ikki marta mag‘lubiyatga uchragan edi. Shu yilning 8 oktyabr kuni o‘tkazilgan jangda Odiljon Mirzarahimov rossiyalik Magomed Aldoganovni engib yana g‘alaba qozona boshladi.

Navbatdagi jangda Odiljon rossiyalik Elnur Samedov bilan kuch sinashadi. Elnur professional bokschilik faoliyatini avgust oyida boshladi va ketma-ket ikkita raqibini engdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!