Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Oqgul Moskvada g‘alaba qozonmoqda

Izohlar: 0
Rossiya poytaxtida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Winter Moscow Open - 2017" xalqaro turnirida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Oqgul Omonmurodova dastlabki g‘alabasini nishonladi.

Mukofot jamg‘armasi 25000 AQSh dollari bo‘lgan musobaqani saralash turniridan boshlagan hamyurtimiz dastlabki uchrashuvda mezbonlar vakilasi Varvara Kuznetsova bilan raqobatlashdi.

Uchrashuvda raqibidan har tomonlama ustunligini namoyish qilgan hamyurtimiz o‘yinni 7:5, 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Oqgul Omonmurodova asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan keyingi uchrashuvda rossiyalik Anna Silichga qarshi kortga chiqadi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q