Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Oqgul Omonmurodova bir turnirda 2 finalni boy berdi

Izohlar: 0

Qozog‘istonning Olmata shahrida davom etayotgan ayollar o‘rtasidagi xalqaro turnir nihoyasiga etdi.

Mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslari finaliga hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova etib keldi.

Unga xal qiluvchi bahsda rossiyalik Polina Leykina raqiblik qildi. 1 soat 35 daqiqa davom etgan bahsda hamyurtimiz ikki setda bir xil – 3:6, 3:6 hisoblarida mag‘lub bo‘ldi va mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, Omonmurodova juftlik bahslarida ham sherigi Nigina Abduraimova bilan finalga chiqqan,  biroq yakunda mag‘lub bo‘lgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q