Oqgulga Leyptsigdagi kortlar omad keltirmoqda
Ayni kunlarda Germaniyaning Leyptsig shahrida mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi ayollar o‘rtasidagi turnir bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu turnirni saralashdan boshlagan Oqgul Omonmurodova bugun so‘nggi saralash bosqichida mezbonlar vakilasi Karolin Vernerga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 22 daqiqa davom etgan bahsda tennischimiz 6:3, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Saralashni muvaffaqiyatli yakunlangan Omonmurodovaga ilk davrada avstraliyalik raketka ustasi Izabel Uolleyz raqiblik qiladi. Ushbu qarama-qarshilik ertaga bo‘lib o‘tadi.

Izohlar (0)