Osiyo chempionati oltinsiz yakunlandi
Gonkongda o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbek polvonlari oltin medalni qo‘lga kirita olmadi.
Musobaqaning dastlabki kunida Muhriddin Tilovov bronza medalga ega chiqqan edi. Og‘ir vaznli dzyuo ustalari bahsida ham hamyurtlarimiz finalga chiqa olmadi.
90 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda qatnashgan yosh polvonimiz Muhammadkarim Xurramov livanlik Najif Eliasni mag‘lub etib, keyingi bellashuvda bo‘lajak chempion - tojikistonlik Kamronshoh Ustapuriyonga imkoniyatni boy berdi.
Bronza medal uchun bo‘lgan kurashda Eron vakili Vohid Nuri va janubiy koreyalik Dongxan Gvakni mag‘lubiyatga uchratgan Muhammadkarim shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Tajribali polvonimiz Sherali Jo‘raev 100 kilogramm vazn toifasida turkmanistonlik Botir Xo‘jamuhammedovni engib, yarim finalda qozog‘istonlik Maksim Rakovdan engildi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda Sherali polvon tojikistonlik Saidjalol Saidovdan ustun keldi.
Izohlar (0)