Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

O‘zbek bokschilari raqiblarni ayab o‘tirmadi (Video)

Izohlar: 0

O‘tgan xaftada Andijon viloyati Xonobod tumanida professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. "Abu Saxiy Boxing team", "Akhmat" boks klubi, Andijon viloyat hokimiyati hamda O‘zbekiston Professonal boks uyushmalari tomonidan tashkil etilgan ushbu kechada nafaqat mamlakatimizdan, balki, qo‘shni davlatlar hamda Rossiya Federatsiyasidan ham bir qator professional bokschilar ishtirok etishdi. 

Ushbu kechaning reglamentiga ko‘ra janglar 4 raunddan iborat bo‘ldi, har bir raund esa 3 daqiqadan davom ettirildi.

Ahamiyatli tomoni shundaki, shu kuni ringda bizning bokschilarga teng keladigan raqib topilmadi, faqatgina o‘zbek bokschilari o‘rtasidagi janglargina 4 raundgacha cho‘zildi xolos, boshqa barcha janglar muddatidan avval tugadi.

Kechada "Paxlavon" kurash majmuasini to‘ldirib o‘tirgan muxlislar bokschilarimizni qizg‘in qo‘llab-quvvatlashdi. 

Quyida ushbu kechadan tayyorlangan maxsus videolavhani e’tiboringizga havola etamiz:

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q