O‘zbek bokschisi jangda jarohat oldi

  • 28.05.2017 12:55
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

Rossiya poytaxti Moskva shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida hamyurtimiz Maxsud Jumaev faoliyatidagi 25-jangini o‘tkazdi.

31 yoshli bokschimiz bu gal rossiyalik Magomed Bulguchevga qarshi sakkiz raundlik jangda ringga chiqdi. Keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan bellashuvning uchinchi raundida o‘zbek bokschisi jarohat oldi va uchrashuvni davom ettira olmadi.

G‘alaba Magomed Bulguchevga berildi.

2007 yildan buyon professional ringdagi janglarda qatnashayotgan Maxsud Jumaev faoliyati davomida 11 marotaba g‘alaba qozongan, bir durang va 13 mag‘lubiyat qayd etgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!