O‘zbek kurashchilarining Evropadagi g‘alabasi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bolgariyada erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatilan ikki yuz nafardan ziyod kurashchilari ishtirok etdi.

 

Olimjon Xikmatov va Abdurauf Bozorboev murabbiyligidagi o‘zbekistonlik kurashchilar musobaqada o‘nta medalga sazovor bo‘ldi.

Erkin kurash bahslarida Rustam Jo‘raev (50 kg) va Bahodir Aslonov (97 kg) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ramazon Ibodov (65 kg), Muhammadali Muxtorov (70 kg) va Hasanboy Rahimov (125 kg) bronza medalga loyiq ko‘rildi.

Yunon-rum kurashi bellashuvlarida Islom Bahromov (59 kg), Mirzobek Rahmatov (66 kg) va Jalgas Berdimuratov (80 kg) barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. To‘rabek Tirkashev (59 kg) va Fazliddin Namozov (71 kg) uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

Turnir g‘olibi Mirzobek Rahmatov "Eng yaxshi texnikasi uchun" sovrini bilan taqdirlandi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!