O‘zbek polvoni shohsupada!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Finlyandiyaning Tampere shahrida sport kurashlari bo‘yicha davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘aznasiga yana bir medal qo‘shildi.

 

Yunon-rum kurashi bo‘yicha 50 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan Ilhom Bahromov musobaqa davomida turkiyalik Jemal Mutlu, qozog‘istonlik Alpomish Dostonbekni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi.

Biroq yosh sportchimiz final yo‘llanmasi uchun bahsda bo‘lajak jahon chempioni - eronlik Poya Sulat Dadmarzga kichik hisobda yutqazdi. Shunday bo‘lsa-da, bronza medal uchun gilamga chiqqan Ilhom Bahromov muhim uchrashuvda xitoylik Xayfeng Chengni engib, shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!