Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

O‘zbek polvoniga teng keladigan raqib topilmadi

Izohlar: 0

Tailand poytaxti Bangkok shahrida yunon-rum, erkin va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Osiyo gilamlarida eng zo‘r yosh polvonlar bellashmoqda

Erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Umidjon Jalolov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 42 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlar qatnashgan yosh polvonimiz barcha raqiblarini engib, finalga chiqdi.

Hal qiluvchi bellashuvda yaponiyalik Ryuji Yura bilan kuch sinashgan Umidjon raqibi ustidan zafar quchib, Osiyo chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

50 kilogramm vazn toifasida beohl olishgan Jamshidbek Ma’rufov bronza medalga loyiq topildi.

Xotin-qizlar kurashida mahorat ko‘rsatgan Gulnoza Jumaboeva 46 kilogramm vazn toifasida uchinchi o‘rinni egalladi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q