Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

O‘zbek polvonlari Turkiyada bellashmoqda

Izohlar: 0

Turkiyaning Istanbul shahrida erkin kurash bo‘yicha Yashar Dog‘u xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.

45-marotaba tashkil etilgan musobaqada o‘ndan ziyod mamlakatdan eng kuchli kurash ustalari g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Ushbu turnirda mamlakatimiz sharafini Zokir Mansurov - 57 kg, Abbos Rahmonov - 61 kg, Muhammadkarim Usmonov - 65 kg, Bekzod Abdurahmonov - 74 kg, Ixtiyor Navro‘zov va Bahodir Aslonov - 97 kg himoya qilmoqda.

Dastlabki uchrashuvlarni o‘tkazgan kurashchilarimizdan Zokir Mansurov dastlabki bahsda turkiyalik Nabi Uzundan 15:17 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Olimpiya o‘yinlari sovrindori Ixtiyor Navro‘zov esa dastlabki uchrashuvda tojikistonlik Sarbon Abdalhaevni 8:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi bahsda esa bo‘lajak chempion – rossiyalik Muhammadrasul G‘ozimuhammedovga yutqazib qo‘ydi.

Qolgan kurashchilarimiz uchrashuvlarni endi boshlaydi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q