Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

O‘zbek professionali ilk bor AQShda jang qiladi

Izohlar: 0

O‘zbekistonlik tajribali professional bokschi Behzod Nabiev uzoq tayyorgarlikdan so‘ng AQShda ilk jangini o‘tkazadigan bo‘ldi.

Shu yilning 9 iyul kuni Kolorado shtatining Denver shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida Behzod Nabiev mezbonlar vakili Manuel Perez bilan raqobatlashadi.

Professional bokschilik faoliyatini 2005 yilda yilda boshlagan hamyurtimiz jami 35 ta jang o‘tkazib, shulardan 25 tasida zafar quchdi. Behzod faoliyati davomida Konstantin Ponomaryov, Tiva Kiram, Viktor Postol, Fyodor Papazov va Aslanbek Kozaev singari taniqli bokschilarga qarshi jang qilgan.

Behzodning raqibi Manuel Perez 2004 yildan buyon 40ta jang o‘tkazib, 27 marotaba g‘alabaga erishgan.

SPORTS.uz axborot portali Behzod Nabievga AQShdagi ilk jangida g‘alaba, faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi!

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q