
O‘zbekiston - Serbiya o‘yiniga 60 kun qoldi
Tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan "Devis kubogi" bahslari 2019 yildan yangicha formatda o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, saralash bosqichida 24ta terma jamoa 12 juftlikka bo‘lingan holda o‘zaro raqobatlashadi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Tennischilarimiz qur’a natijasiga ko‘ra, Serbiya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazishi haqida avval xabar bergan edik.
Asosiy bosqichga chiqish uchun o‘tadigan O‘zbekiston va Serbiya terma jamoalari o‘yini 2019 yilning 1-2 fevral kunlari o‘tkaziladi.
Fikrlar