Asosiy mazmunga oʻtish
Olimpizm

O‘zbekiston qilichbozlari xorijda mashq qilyapti

Izohlar: 2

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini dunyoning kchli sportchilari bilan birga Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tamoqda.

Ushbu yig‘in mamlakatimiz qilichbozlari uchun joriy yilning 22 fevral- 5 mart kunlari Tailandda tashkil etiladigan o‘smirlar va kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorsharlik bosqichi vazifasini o‘taydi.

Bundan tashqari o‘zbekistonlik qilichbozlar 1-10 aprel kunlari Bolgariya mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ham ishtirok etadi.

Novosibirskdagi mashg‘ulotlar kuniga ikki mahal tashkil etilmoqda. Jismoniy, texnik va taktik mashqlardan tashqari qilichbozlarimiz mahalliy sportchilar bilan o‘zaro kuch sinashib, amaliy mashg‘ulotlarda ham qatnashyapti.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q