Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

O‘zbekiston taekvondochilari mahorat ko‘rsatdi

Izohlar: 0

Taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Birlashgan Arab Amiriklarining Fujayra shahrida o‘tkazilgan “Fujairah Open – 2017” xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan 550 ga yaqin taekvondochi qatnashdi.

Kadetlar bahsida mamlakatimiz vakillari Amirbek To‘raev, Azizbek Rahmonberdiev va Daniil Kim barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Javohir Xolmurodov kumush medal bilan taqdirlandi.

O‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarda sportchimiz Zuhra Ochilova shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy egalladi. Shuningdek, Islom Yo‘ldoshev, Dinora Muxtorova hamda Feruza Sodiqova o‘z vazn toifalarida bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan kattalar bahsida Nikita Rafalovich, Shuhrat Salaev, Nigora Tursunqulova kumush, Valentin Xegay, Maksim Rafalovich, Temur O‘rolov, Maftuna Ergasheva, Svetlana Osipova bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari “Fujairah Open – 2017” xalqaro turnirida 3 oltin, 5 kumush va 8 bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q