O‘zbekistonning OChdagi raqibi UEFA kubogi g‘olibiga mag‘lub bo‘ldi

Xabaringiz bor, Xitoy Taypeyida 1-11 fevral kunlari futzal bo‘yicha Osiyo chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi mazkur turnirning guruh bosqichida Yaponiya, Tojikiston va Xitoy Taypeyiga qarshi bahs olib borishadi.

Hamyurtlarimizning guruh bosqichidagi raqibi – Tojikiston terma jamoasi kecha Qozog‘istonning Olmota shahridagi kichik yig‘inini yakunladi.

Yig‘in doirasida Xusayn Shodiev shogirdlari Qirg‘iziston va Qozog‘istonning 15  karra chempioni, ikki karra UEFA kubogi g‘olibi bo‘lgan “Qayrat” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvlari o‘tkazishdi.,

Tojikistonliklar “Qayrat”ga 2:4, Qirg‘izisotnga esa 3:6 hisobida  hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Nazorat o‘yini

Qirg‘iziston – Tojikiston – 6:3

Gollar: Yuldashbay Salimbaev (3), Abdurasul uulu Manas, Maksat Alimov, Mirlan Joldubaev – Raxmonali Sharipov, Sobirdjon Gulyakov, Rustam Xamidov.


«Kayrat» (Olmota, Qozog‘iston) – Tojikiston – 4:2

Gollar: Aleshandre, 15 (1:0). Aleshandre, 16 (2:0). Zoltan Drot, 24 (3:0). Raxmonali Sharipov, 32 (3:1). Zoltan Drot, 33 (4:1). Muxammadjon Sharipov, 39 (4:2).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!