Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

O‘zbekistonning eng kuchli dzyudochilari aniqlanmoqda

Izohlar: 0

Toshkent shahrida dyuzo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.

Mamlakatimizning eng kuchli dzyudochilarini aniqlash, mamlakatimiz terma jamoalarini shakllantirish va sportchilarimizni xalqaro miqyosdagi musobaqalarga tayyorlash maqsadida o‘tkazilayotgan musobaqa keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lmoqda.

O‘zbekiston chempionatining dastlabki kunida erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan samarqandlik Davlat Bobonov, qashqadaryolik Sherali Jo‘raev, surxondaryolik Yahyo Imomov va Muhsin Xisomiddinov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda birichni kunning barcha oltin medali Xorazm dzyudochilari - Muhayyo Ibrohimova, Gulnoza Matniyozova, Kumush Yo‘ldosheva, Rahima Yo‘ldoshevaga nasib qildi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q