O‘zbekistonning uchinchi raketkasi kurashdan chiqdi
Oldin xabar berib o‘tganimizdek, ayni kunlarda Belarus poytaxti Minsk shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir davom etmoqda.
Kecha sovrin jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning yakkalik bahslarida ikki nafar tennischimiz kortga tushdi.
O‘zbekistonning uchinchi raketkasi Temur Ismoilov birinchi davrada qozog‘istonlik Dens Evseevga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setda 1:6 hisobida imkoniyatni boy bergan hamyurtimiz ikkinchi setda 0:2 hisobida ortda qolayotgan paytda uchrashuvni davom ettira olmasligini ma`lum qildi. Shu tariqa, Temur yakkalik bahslarida kurashdan chiqdi.
Xuddi shu bosqichda yana bir hamyurtimiz Saida’lo Saidkarimov chexiyalik Tomas Papikka 1 soat 18 daqiqa ichida 2:6, 5:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi va kurashni to‘htatdi.

Fikrlar