Pakyao Filippin prezidenti bo‘lmoqchi
Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum professional boks olamining bugungi kundagi eng mashhur yulduzi Menni Pakyaoning kelajakdagi rejalarini oshkor qildi.
- Biz Pakyao bilan birga jahon bo‘ylab janglar o‘tkazishni rejalashtirganmiz, - dedi Bob Arum. - Ilgari boks qiroli Muhammad Ali ham dunyoning ko‘plab mamlakatlariga borgan. Menni ham shunday qilishi kerak. Chunki bu Paktyaoning kelajakdagi rejasiga ijobiy ta’sir qiladi. U boksdan ketganidan so‘ng Filippin prezidenti bo‘lmoqchi. Pakoning bokschilikdagi tashriflari kelajakda Filippin xalqi foydasiga ishlaydi.
Menni Pakyao professional bokschilik faoliyatini davom ettirish borasida Filippin siyosiy doiralarida ham katta hurmatga ega. U senatorlik vazifasini ham uddalab kelmoqda. Qolaversa, filippinliklarning aksariyati Menni Pakyaoni hurmat qiladi.
SPORTS.uz


Izohlar (0)