
Pakyao Makgregor bilan jang borasida kelisha olmadi
Sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyao engil vaznda UFC chempioni Konor Makgregor bilan boks uchrashuvi haqida muzokaralar olib borganini, ammo bu borida kelishuvga erisha olmaganini aytib o‘tdi.
– Biz boshlang‘ich bosqichda muzokaralar olib bordik, ammo bundan hech qanday natijaga erisha olmadik. Shuni ta’kidlashim kerakki, agar bellashuv haqida kelisha olsak, biz tomondan hech qanday muamollar yo‘q va men bunga tayyorman, – deya Pakyaoning so‘zlarini keltiradi Yahoo Sports nashri.
Avvalroq, tovon puli Konorning mavqeiga to‘g‘ri kelsa, irlandiyalik sportchi 2018 yilda ringga qaytishini e’lon qilgan edi.
Fikrlar