Pakyao kelasi faoliyatini yakunlaydi

  • 13.08.2018 14:25
  • 0
  • Boks

Top Rank promouterlik kompaniyasi boshlig‘i Bob Arumning so‘zlariga ko‘ra, sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni Menni Pakyao professional faoliyatiga 2019 yilda yakun yasaydi.

Mennini professional boksdan ketguncha yana uchta jang kutib turibdi. Birinchi jang 2018 yil oxirida tashkil qilinadi, keyin Pakyao 2019 yilda ikki marta ringga ko‘tariladi. Yaqin vaqtdagi jangda unga kim raqiblik qilishi hali aniq emas. Nomzodlar orasida Amir Xan, Terens Krouford va Vasiliy Lomachenko bor, – deydi Arum Manila Bulletin nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Pakyao so‘nggi jangini 15 iyul kuni Lukas Matissega qarshi o‘tkazib, raqibini nokautga uchratib, yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamarini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!