Pakyaoning ashaddiy raqiblari ringda uchrashishi mumkin
To‘rt vazn toifasining sobiq jahon chempioni Xuan Manuel Markes yaqinda filippinlik Menni Pakyaoni mag‘lub qilgan avstraliyalik Jeff Xorn janglariga jiddiy qiziqayotganini ma’lum qilgan. Ammo oldiniga meksikalik bokschi o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish maqsadida avgustda ringga chiqishni rejalashtirgan.
– Men Xornning nimaga qodirligini ko‘rdim, ammo hozir men bo‘lajak jangimga diqqatimni qaratganman. Har qanday holatda dekabr oyida Migel Kotto yoki Xorn bilan uchrashishni istayman. Sababi nimalarga qodirligimni bilib olishim kerak.
V Zanfer Promotions sanani 19 avgust kunga belgilagan edi va ringga qaytishga tayyorgarlik ko‘ryapman. Umid qilamanki, tezda raqib va jang o‘tkazilish joyini bilib olaman, – deydi Markes BoxingScene nashriga.

Izohlar (0)