Para Taekvondochidarimiz Afrikani "zabt etishdi"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ruanda poytaxti Kigali shahrida 31 mart– 2 aprel kunlari Para Taekvondo buyicha Afrika II ochik chempionati bulib utdi. Mazkur nufuzli musobaqada 17 mamlakatdan 44 nafar sportchi ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi sharafini to‘rt nafar hamyurtlarimiz - Sarvarjon Obidjonov, Sanjarbek Muxtorov, Ziyoda Isoqova va Farhod Mamaziyoevlar himoya qilishdi. 

Ta’kidlash kerakki, terma jamoamiz a’zolari Afrika ochiq chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi va jami to‘rtta medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida musobaqani kuchli uchlikda yakunlashdi. 

Farhod Mamaziyoev finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lub etib, hal qiluvchi bahsda  Kongo Demokratik Respublikasi vakilini 9:1 hisobida taslim qildi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ziyoda Isoqova esa final bahsida oltin ochko evaziga marokashlik raqibasini 1:0 hisobida engdi. Sarvarjon Obidjonov va Sanjarbek Muxtorovlar esa bronza medaliga loyiq ko‘rilishdi. 

Ma’lumot uchun, 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan XVI Paralimpiya o‘yinlari dasturidan Para Taekvondo ham o‘rin olgan. Afrika Ochiq chempionati g‘oliblari ana shu Paralimpiya o‘yinlari uchun qimmatli             20 reyting ochkosini qo‘lga kiritishdi. Bobur Kuziev raxbarligidagi terma jamoamiz ertaga, 4- aprel kuni erta tongda poytaxtimizga qaytib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!