
“Patriot Boxing Team” murabbiyi: Biz g‘alaba uchun kelganmiz
“Patriot Boxing Team” jamoasi murabbiyi Igor Golubkov The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon boks seriyalari VII mavsumidan “Uzbek Tigers”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
- O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bizga juda zo‘r sharoit yaratib bergani va iliq kutib olgani uchun hammaga o‘z minnadorligimni bildiraman. O‘tgan yilgi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng Rossiya boks federatsiyasida katta o‘zgarishlar bo‘ldi.
WSB turnirida qatnashgan jamoamiz nomi ham yangilandi. Bu mavsumda qatnashadigan bokschilarni bir necha bosqichdan iborat mashg‘ulotlar natijasida saralab oldik. Bu tarkibni Rossiya boks federatsiyasi murabbiylar kengashi tanlagan.
Biz har bir jangda,xususan “Uzbek Tigers” bilan bo‘ladigan uchrashuvda ham g‘alaba uchun ringga chiqamiz.
Ertangi uchrashuvda “Patriot Boxing Team” sharafini Bator Sagaluev, Dmitriy Sharafutdinov, Radmir Abdurahmonov, Rajab Rajabov, Islom Tekeev himoya qiladi.
Fikrlar