Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Pogbaning "MYu"da o‘rni yo‘q

Izohlar: 0

"Sevilya"da ijara asosida to‘p surayotgan "Manchester Siti"ning frantsiyalik yarim himoyachisi Samir Nasri hamyurti Pol Pogba nega "Manchester Yunayted"da o‘zini ko‘rsatolmayotganini aytdi. 

- Iqtidor borasida Pogba tengsiz, - dedi Samir Nasri. - Biroq ayni paytda u ko‘rsatayotgani o‘yin uning iste’dodiga to‘g‘ri kelmaydi. Buning sababi Pol hali maydonda o‘z o‘rnini topgani yo‘q. U hujumchi ortida va tayanch yarim himoyachi o‘rnida o‘ynab ko‘rdi. Pogbaga nimadir etishmayapti. 

Rekord summa evaziga "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga olib kelingan Pol Pogba Angliya chempionatida o‘nta o‘yinda ikkita gol urdi. 

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q