
Polvonlarimizning 16 medali
Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonning Puna shahrida kurash bo‘yicha X Osiyo chempionatida 10 oltin, 5 kumush, 1 bronza jami 16 medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa o‘rtasida birinchi bo‘ldi.
Osiyo–Okeaniya Kurash Konfederatsiyasi (KSAO) taqvimidagi eng yirik musobaqada qit’amizning 20 dan ziyod mamlakatidan kelgan ikki yuz elikka yaqin polvonlar 15 vazn toifasida gilamga tushdi.
Chempionat erkaklar o‘rtasida Muhsinbek Xisomiddinov Farid Amrulloev, Ruslan Bo‘riev, Davlat Abraev, Ilhom Jo‘raev o‘z vazn toifalarida Osiyo chempioniga aylangan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida Gulnora Sulaymonova, Omongul Ollonazarova, Muxlisa Abdumalikova, Gulnoza Matniyozova hamda Rahim Yo‘ldosheva shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Finalga qadar o‘tgan bahslarda zafar quchgan Dildora Shermetova, Adibaxon O‘rozboeva Rinata Ilmatova, Nurbek To‘raev, Maruf G‘aybullaev kumush medal sohibiga aylandi. Temurxon To‘raev esa Osiyo chempionatining bronza medali bilan taqdirlandi.
Umumjamoa o‘rtasida O‘zbekiston terma jaomasi birinchi o‘rin bo‘lgan bo‘lsa, kuchli uchlikdan Eron va Turkmaniston termalari joy oldi.
Fikrlar