Professional bokschimiz g‘alabali seriyasini davom ettira olmadi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida Lazizbek Uzoqov faoliyatidagi 18-jangini o‘tkazdi.
Kechaning eng keskin va murosasiz kechgan bellashuvlarning birida o‘zbekistonlik Lazizbek o‘ta kuchli raqib - ukrainalik Arnold Xegayga qarshi ringga ko‘tarildi.
Afsuski bu jangda Lazizbek imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu natijadan so‘ng faoliyatini 2009 yilda boshlagan Lazizbek Uzoqov hisobida esa to‘rtta g‘alaba, 12 mag‘lubiyat va ikkita durang bor.
Eslatib o‘tamiz, Lazizbek oldingi jangida qirg‘izistonlik Suyunbek Kirgizboevni mag‘lub etgan edi.

Izohlar (0)