Qizlarimiz Indoneziyani ham mag‘lub etdi
Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi norasmiy Jahon Chempionati sanalmish, Federatsiya kubogi turniri doirasida qizlarimiz bugun Indoneziya termasiga qarshi kortga chiqishdi.
Ilk o‘yinda Nigina Abduraimova WTA reytingida o‘zidan 853 pog‘ona pastda turgan Laviniya Tanantaga 4:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova esa Beatris Gumulyaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 6:1, 6:1.
Juftlik bahslarida ishtirok etgan Oqgul Omonmurodova/Nigina Abduraimova dueti Rompies/Sudjiadi juftligini 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.
Umumiy 2:1 hisobida g‘alaba qozongan Iroda To‘laganova boshchiligidagi qizlarimiz endi ertaga Gongkong termasiga qarshi bahs olib borishadi.
Ushbu qarama-qarshilik Toshkent vaqti bilab 10.00 da start oladi.

Izohlar (0)