Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Qur’a vaqti nega ko‘chirildi?

Bekzod Isayev
Izohlar: 1

Qur’a ikki soatga surildi

Xabaringiz bor, Superliga bahslarida dastlabki bosqich yakunlangan. Endi jamoalar 6 tadan 2 ta guruhga ajratiladi. Dastlabki guruh chempionat medallari uchun kurash olib borsa, ikkinchi oltitalik musobaqada jon saqlab qolish uchun bahs yuritadi.

Bir necha kun oldin, 25 avgust kuni PFL rasmiy sayti PEPSI Superliga ikkinchi bosqichiga 28 avgust soat 20:00da qur’a tashlash marosimi boshlanishi ma’lum qilingandi. Bugun tashkilot rasmiy saytida qur’a tashlash marosimi 21:45dan boshlab jonli efirda translyatsiya qilinishini xabar bergan. Ammo qur’a tashlash marosimining vaqti nega o‘zgargani borasida hech qanday ma’lumot berilmagan. Faqatgina

Qandaydir tashkilot nimanidir o‘zgartirsa, izoh beradi, noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Biz PFL uzr so‘rashini kutmayapmiz. Kerak ham emas. Biroq nima sababdan o‘zgarish bo‘lganini xabar berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

“SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvining oxirgi sonlaridan birida PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev mehmon bo‘lgandi va u Superliga taqvimini bir necha bor o‘zgartirilganiga qisqacha javob bergandi. Ya’ni u: “Taqvimni tuzganlar hozir PFLda ishlamayapti. Endi taqvimni o‘zimiz tuzamiz”.

Qur’a tashlash marosimining vaqti o‘zgarishidan hulosa qilsak, yangi taqvim ham o‘zgarmasligiga kimdir kafolat berishiga shubhamiz bor.
So‘z o‘rnida, bir necha kun oldin “Milan” klubiga ko‘chib o‘tgan Gonsalo Iguain neapollik muxlislar tomonidan bannerlar bilan kutil olingandi. O‘sha banner esingiz-dami? Yo‘q bo‘lsa, marhamat: "Napoli" klubi muxlislari Iguainga: “Sen futbolkangni ich kiyimingdan ko‘ra ko‘proq almashtirasan”.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q