RPL. "O‘zbekcha derbi"da Afoninning jamoasi ustun keldi
Shahzod
Hozirgina Rossiya Premer-ligasi 10-turidan o‘rin olgan "Rostov" hamda "Orenburg" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.
Xabaringiz bor, "Rostov" safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov, "Orenburg"da esa yana bir yurtdoshimiz - Vadim Afonini to‘p tepadi.
"Rostov-Arena"da kechgan o‘zbekcha derbida Afoninning jamoasi ustun keldi - 1:0. Vadim uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynab, hakam tomonidan ogohlantirildi.
Shomurodov esa ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Izohlar (0)