Radu Albot navbatdagi raqibini kutmoqda

Frantsiyaning Monpele shahrida o‘tayotgan "Open Sud de France" musobaqasining ikkinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.

Ushbu bosqichda moldavalik Radu Albot va latviyalik Ernest Gulbis o‘zaro raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvda Radu 7:6, 4:6, 6:4 hisobida engdi.

Shu tariqa, Albot chorak finalda frantsiyalik Lyuk Puy, yoki kiprlik Markos Bagdatisga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!