"Real" Ispaniya chempionatini tark etish payiga tushdi
"Real" klubi prezidenti Florentino Peres La liga tashkilotchilarini "Barselona"ga yon bosayotganida ayblab, milliy chempionatdan chiqib ketishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Madrid klubi taqvimdagi o‘zgarishlar tufayli mavsumning hal qiluvchi qismida "Barselona"ga qaraganda ikkita uchrashuv ko‘p o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda. "Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgani bois qolgan jamoalardan bir o‘yin kam o‘tkazgan edi. O‘tgan turda esa "Selta" maydonidagi o‘yin tabiiy ofat tufayli Vigodagi stadionga zarar etgani bois yana kechiktiriladigan bo‘ldi.

Taqvimdagi o‘zgarishlar "Real"ga bosim kuchayishiga sabab bo‘layotganini e’tirof etgan Florentino Peres "Ko‘hna qit’a"ning eng zo‘r jamoalari qatnashadigan Evropa Superligasini tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatishi va o‘sha turnirda qatnashish haqida bosh qotirmoqda.

Evropaning etakchi klublari mintaqaviy Superliga tuzish loyihasini 1998 yildan buyon muhokama qilmoqda. Yangi liga tuzish bo‘yicha muhokama jarayonida "Real"dan tashqari, "Barselona", "Bavariya", "Yuventus", "Pari Sen-Jermen", "Chelsi" i "Manchester Yunayted" qatnashgan.
Biroq, UEFA bu turnirda qatnashadigan jamoalar Evrokuboklarda ishtirok etishdan mosuvo bo‘lishini ta’kidlab keladi. Superliganing dastlabki varianti mavsum oldi turniri sifatida International Champions Cup nomi ostida Avstraliya, Osiyo, Evropa va Shimoliy Amerikada tashkil etildi.

International Champions Cup musobaqalarida "Yuventus", "Atletiko", "Melburn", "Tottenxem", "Borussiya" (Dortmund), "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Pari Sen-Jermen", "Liverpul", "Chelsi", "Real", "Barselona", "Bavariya", "Inter", "Milan", "Lester" va "Seltik" kabi jamoalar to‘p surdi.

Izohlar (0)