Rioda Argentina derbisi bo‘ldi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 603 940 AQSh dollari bo‘lgan turnir davom etmoqda.
Musobaqaning ikkinchi davrasida muxlislar Argentina tennischilarining o‘zaro bahsiga guvoh bo‘ldi. Unda Diego Shvartsman o‘z hamyurti Federiko Delbonis bilan bellashdi.

Uchrashuv natijalari quyidagicha bo‘ldi:
Diego Shvartsman (Argentina) - Federiko Delbonis (Argentina) 6:4, 7:6
Nikolas Kikker (Argentina, Q) — Artur de Gref (Belgiya, Q) 6:3 6:3
Albert Ramos (Ispaniya, 5) — Fabio Fonini (Italiya) 6:2 6:3
Dominik Tim (Avstriya, 2) - Dushan Layovich (Serbiya) 6:2 7:5


Izohlar (0)