Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Rojer Federerning tarixiy g‘alabasi

Izohlar: 0

Shveytsariyalik Rojer Federer “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining final uchrashuvida xorvatiyalik Marin Chilichga qarshi kortga chiqdi.

Besh set davom etgan o‘yinda Rojer 6:2, 6:7, 6:3, 3:6, 6:1 hisobida zafar quchdi. Ushbu g‘alaba shveytsariyalik tennischiga 4.000.000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puli va  2.000 reyting ochkosini keltirdi.

Shu tariqa, Federer “Katta dubulg‘a” turkumidagi musobaqalarda 20 marotaba bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Uning hisobida «Australian open” turniridagi sovrinlar soni oltitaga etdi. Shuningdek, u sakkiz marotaba “Uimbildon”da g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir marotaba "Rolan Garros"ning finalida g‘olib chiqqan. “US Open”da esa besh marta bosh sovrin sohibiga aylangan.

Sports.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q