
Ronalduning 10 ta eng ajoyib mashinasi(foto)
Madridning "Real" klubi hujumchisi, 4 karra "Oltin to‘p" sohibi Krishtianu Ronalduning yurtimizda muxlislari jua ham ko‘p. Muxlislar uchun, portugaliyalik yulduzning faqat maydondagi harakatlari emas, balki uning hayoti ham qiziqarlidir. Shu bois, biz bugun uning 10 ta eng ajoyib mashinsi haqida ma’lumot berishga qaror qildik.
Ferrari F12 TDF
Ronaldu sotib olgan eng so‘nggi mashinasi aynan Ferrari F12 TDF'dir, Ushbu mashinaning narhi 550 ming dollarga teng. Mashinaning dvigatel quvvati 780 ot kuchini tashkil qiladi. Maksimal tezlik – soatiga 340 kilometr.
Mercedes-AMG GLE 63 S
"Real" hujumchisiga nafaqat tezkor, balki klassik tipdagi ulovlar ham yoqar ekan. 32 yoshli futbolchida "bor-yo‘g‘i" 140 ming dollar turadigan "mers" ham mavjud. Uning tezligi soatiga 250 km/soatni tashkil etadi.
Bugatti Chiron
Ushbu modeldagi "Bugatti Chiron" 500 dona chiqarilgan. Evropa chempioni ushbu mashina uchun kamida 2,5 mln dollar to‘lagan.
Mercedes S65 AMG V12 Biturbo
Ronalduda S-toifasidagi "Mercedes" ham mavjud.
Chevrolet Camaro
Bunday "Shevrole"da Krishtianu Ronaldu asosan oilasi bilan sayr qilishi ko‘rinib turibdi.
Bugatti Veyron Super Sport
Ronalduning yana bir "eksklyuziv" mashinasi. U soatiga 431 km tezlikda harakatlanish imkoniyatiga egadir. Bu mashina Frantsiyada o‘tgan EChdan so‘ng sotib olinganligini aytish joiz.
Rolls-Royce Ghost
Ushbu "rolls-royse"da CR7 odatda shahsiy haydovchisi bilan harakatlanadi.
Porsche Carrera 911 Turbo S
O‘tgan yilning mart oyida Ronaldu o‘z avtoparkini "Porshe" tarixidagi eng kuchli mashina bilan to‘ldirgan edi. Hozirda uning bahosi 200 ming dollarni tashkil etadi.
Range Rover Sport
Ronalduning "eng oddiy" mashinasi aynan yomon yo‘llarga mo‘ljallangan yo‘ltanlamasidir.
Ferrari 599 GTB Fiorano HGTE
Bu avtomobil Xitoy bozori uchun chiqarilgan va va ularning soni 13 tani tashkil etadi. Ronaldu esa ularda itlari bilan sayr qiladi.
Manba: Shampionat.com
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar