
Roza Qo‘zieva BAAdagi Jahon kubogida sovrindor bo‘ldi
Bugun ayollar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Roza Qo‘zieva 110 kg natija ko‘rsatib, ikkinchi natijani qayd etdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Sportchilarimiz musobaqada murabbiy Fazliddin Umirzoqov qo‘l ostida ishtirok etishmoqda.
Eslatib o‘tamiz Roza Qo‘zieva Indoneziyada o‘tkazilgan Paraosiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u 2018 yilda Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan «Milliy sport mukofoti» taqdirlash marosimida O‘zbekistonning eng yaxshi paralimpiyachisi sifatida e’tirof etilgan.
Fikrlar